O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘i bilan Aliakbar Po‘latov Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Pulatov 1982-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik instituti hamda 2011-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Buxoro viloyati Kogon shahar prokuraturasida boshlab, keyinchalik Buxoro viloyati prokuraturasi hamda Bosh prokuraturada turli lavozimlarda ishlab, Toshkent shahar prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
2017-yilning iyun oyidan buyon Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)