• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yo‘lladi. Qutlov matnini Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aziz va muhtaram vatandoshlar!

    Siz azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

    Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

    Bugungi kunda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning farovon hayoti, jondan aziz farzandlarimizning baxtu iqbolini ta’minlash yo‘lida amalga oshirayotgan barcha islohotlarimiz, jumladan, diniy-ma’rifiy sohadagi  ishlarni tubdan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarimiz dunyo hamjamiyati, nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan keng e’tirof etilmoqda.

    Yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida o‘tkazilgan diniy erkinliklar masalalari bo‘yicha nufuzli xalqaro forumda O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yuqori baholangani bu borada boshlagan  ishlarimizning xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilganiga yaqqol dalildir.

    Biz islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, yoshlarimizni yuksak insoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqdamiz.

    Dunyoda muqaddas dinimiz nomidan turli yovuz harakatlar sodir etishga urinishlar kuchayib borayotgan bir paytda, unib-o‘sib, hayotga yorug‘ yuz bilan kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizga muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatini tushuntirib berish, ularni teran fikrlaydigan, shiddatli zamon mezonlari asosida yashaydigan ma’rifatli, dunyoqarashi keng, barkamol insonlar etib voyaga yetkazish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘lda boshlagan islohotlarimiz kutilgan samarani berishi uchun barchamiz, butun xalqimiz bilan birgalikda hamjihat bo‘lib ish olib borishimiz kundalik zaruratga aylanmoqda.

    Mana shunday saodatli damlarda HAJ amallarini ado etayotgan yurtdoshlarimiz bugungi dorilamon kunlar uchun shukronalar aytib, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik so‘rab xayrli duolar qilmoqdalar. Ishonchim komil, bunday ulug‘ ibodatni ado etish sharafiga muyassar bo‘lgan mo‘min-musulmonlarimiz ona

    Vatanimizga qaytgach, shaxsiy hayotda, ijtimoiy faoliyatda boshqalarga ibrat va namuna ko‘rsatadilar, yoshlarni fidoyi va vatanparvar etib tarbiyalash, adashgan insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashdek savob ishlarga munosib hissa qo‘shadilar.

    Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida uzoq va yaqin musulmon mamlakatlarning xalqlarini, barcha do‘stlarimizni samimiy qutlab, ularga tinchlik va xotirjamlik, taraqqiyot hamda  farovonlik tilaymiz.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimizda uch kunlik dam olish e’lon qilingani xalqimizning kayfiyatini ko‘tarib, bayramga alohida fayz va shukuh baxsh etmoqda. Bunday fazilatli kunlarda yurtdoshlarimiz qadimiy va tabarruk maskanlarni, buyuk ajdodlarimizning mo‘‘tabar qadamjolarini ziyorat qilib, qarindosh-urug‘lari, yaqinlari holidan xabar olib, ruhiy taskin, ma’naviy oziq olmoqdalar.

    Barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Duogo‘y keksalarimizning mana shunday fazilatli damlarda elu yurtimiz haqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!

    Xonadonlarimizda fayzu baraka va osoyishtalik ziyoda bo‘lsin!

    Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yanada mustahkam va barqaror bo‘lsin!

    21.08.2018, 18:41   Izoh (0)   57078
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lola Karimova-Tillayeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    21.08.2018, 17:14

    Toshkentda 500 ming dollar sarmoya kiritgan investor muammosi hal etildi (video)

    21.08.2018, 16:53

    Aliakbar Po‘latov Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

    21.08.2018, 16:20

    O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha test sinovlari yakunlandi. Endi 30-avgustga qadar e’tirozlar qabul qilinadi

    21.08.2018, 16:01

    O‘zbekistonda Hayit namoziga 1 903 690 nafar fuqaro qatnashdi

    21.08.2018, 15:40

    Samarqand bojxonachilari Qurbon hayiti munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga maktab o‘quv qurollarini ulashdi

    21.08.2018, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    “Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lish ehtimoli 25 foiz” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    Qoraqalpog‘iston Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:41

    Yevropa ittifoqi Isroilni yangi aholi punktlari qurilishini to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 15 avgust, 12:35

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    Dam olish kuni O‘zbekistonga nisbatan salqin havo kirib keladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:17

    “Yuventus” hujumchisiga “Barselona” va “Nyukasl” da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 15 avgust, 12:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.