Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” radikal harakati a’zolari bilan vaqtinchalik yarashuv rejimi joriy etilishi haqida e’lon qildi, deb yozadi “KP.ru”. Hukumat yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan bunday qadamni qo‘yishga tayyor.
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 20-avgust, dushanba kuni kuchga kirib, 21-noyabrda nishonlanadigan Payg‘ambar (s.a.v.) tavallud kunigacha davom etadi. Yarashuvning asosiy sharti — terrorchilarda ham xuddi shunday niyat bo‘lishi kerak.
“Biz ‘Tolibon’ harakati rahbariyatini afg‘onistonliklarning mustahkam va haqiqiy tinchlikka intilishini ma’qullab, islom qadriyatlari va tamoyillariga asoslangan tinch muzokaralarga tayyorlanishga chaqiramiz”, — deb yozdi G‘ani o‘z Twitter’ida.
Izoh (0)