Moskvada “qonundagi o‘g‘rilar”ning so‘nggi yillardagi eng katta maxfiy yig‘ini bo‘lib o‘tdi, unda rus mafiyasining “barcha bosslarining bossi” saylandi, deb yozadi Tengrinews.
U Shishkan laqabli mashhur kriminal avtoritet Oleg Shishkanov bo‘ldi. Birinchi raqamli qonundagi o‘g‘ri Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy) uzoq muddatga (9 yil-u 10 oy) qamalgach, mafioziga yangi rahbar tanlash zarurati yuzaga kelgan.
“Shu tariqa, kurd-yazidlarning kriminal dunyodagi ko‘p yillik gegemoniyasi tugadi. Avvalgi “barcha bosslarning bosslari” Aslan Usoyan (Hasan og‘a) va Zaxariy Kalashov aynan shu xalqlarga taalluqli edi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)