Buyuk Britaniyada model Keyt Grant Daun sindromi bilan xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib chiqqan birinchi qiz bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Keyt Ultimate Beauty of The World tanlovida g‘alabaga erishdi. Tanlovning asosiy prinsipi ishtirokchining ko‘p obrazliligi sanaladi. Unda vazni, yoshi va oilaviy holatidan qat’i nazar barcha qizlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov uchta yosh toifasida o‘tkaziladi — bolalar, o‘smirlar va 20 yoshdan katta qizlar.
Portadaun shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda butun dunyodan jami 40 nafar qiz ishtirok etgan.
G‘alaba 19 yoshli Keyt Grantga bir yil davomida tanlov tashkilotchilari tomonidan o‘tkaziladigan fotosessiyalarda va turli tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari u keyingi yilda tanlov hay’ati tarkibiga kiradi. Qizning onasi aytishicha, u modellik karyerasi haqida 13 yoshidan buyon orzu qilgan.
Izoh (0)