Avstraliyalik 28 yoshli professional g‘avvos Adam Stern bukri kit bilan selfiga tushdi va rolik suratga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
G‘avvos Tonga qirolligi poytaxti Nukualofa shahri qirg‘oqlarida suvga sho‘ng‘ish vaqtida kitni uchratib qolgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab suvda kitning “qo‘shig‘ini” eshitgan, sal keyinroq esa urg‘ochi kitni uchratib qolgan. Hayvon do‘stona kayfiyatda bo‘lgan va taxminan yarim soatni Stern bilan o‘tkazgan.
G‘avvosning o‘zi esa kuchli tassurot ostida qolgan.
Izoh (0)