AQShning Arizona shtatidagi El-Marij shahrida 13 yoshli o‘smirning ustiga chaqmoq tushdi. U skeytda uchayotgani tufayli omon qolishga muvaffaq bo‘ldi. “Korrespondent.net” voqea aks etgan videoni taqdim etdi.
Baxtsiz hodisa videoga tushgan. Unda ko‘rinadiki, chaqmoq bolaga mahalliy xiyobonda urilgan.
Bola zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan va u yerda uch kun yotgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, agar skeyt bo‘lmaganda, bola o‘lgan bo‘lar edi. Gap shundaki, skeytning metall qismi zaryadning bir qismini yerga o‘tkazib yuborgan.
Bola kuyish va sezilarsiz jarohat bilan jabrlangan.
Izoh (0)