Amerikalik keksa erkak o‘zini memda ekanligini bilib, g‘azabga tushdi. Bu haqda uning nabirasi — Bruk ismli qiz hikoya qilgan.
Qizning aytishicha, uning amakivachchasi Twitter’da notanish kishi tomonidan olingan suratga duch kelgan. Suratda gaplashib turgan bir nechta keksa kishi tasvirlangan, ular savdo markazining hovlisidagi restoranda o‘tirgan. Ulardan biri Brukning qarindoshi bo‘lgan.
Surat ostiga muallif Squad Goals (“Guruh maqsadlari”) deb yozgan. Bu Amerikada ommabop bo‘lgan memning nomi hisoblanadi. Foydalanuvchilar ko‘pincha bir guruh kishilar o‘xshash kiyimda va bir xil buyumlar bilan o‘zini ovutib o‘tirgan surat ostiga shunday yozuv yozadi. Qizning aytishicha, uning bobosi bo‘lgan surat minglab repost yig‘gan.
Qiz jahli chiqqan bobosiga memning ma’nosini tushuntirib bergach, keksa kishi buni tushungan va suratning ajoyib ekanligini ta’kidlagan.
Izoh (0)