“Liverpul”ning estoniyalik futbolchisi Ragnar Klavan faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Klavan “Kalyari” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi 2020-yil yoziga qadar Italiya klub safida to‘p suradi. 32 yoshli himoyachi uchun “Kalyari” “Liverpul” g‘aznasiga 2 million yevro to‘lagan.
Ragnar 2016-yilda “mersisaydliklar” safiga kelib qo‘shilgandi. APLning o‘tgan mavsumida u 19 uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urishga erishgan.
Izoh (0)