Bugun, 17-avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligida sport delegatsiyasining yana bir qismi XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Jakarta shahriga yo‘l oldi.
Tadbirda O‘zbekistan Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi. Vazir sportchilarga va delegatsiya rahbariga omad tiladi.
Kecha, 16-avgust sanasida Kemayoran dahasidagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi. Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi esa 18-avgust kuni “Gelora Bung Karno Stadium”da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)