Bugun, 17-avgust sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi birinchi bosqichining so‘nggi, 22-tur bahslariga start berildi. Kun taqvimidan o‘rin olgan 4 uchrashuv ham yakuniga yetdi.
Toshkentda “Bunyodkor” “So‘g‘diyona” bilan kurash olib borib, irodali durangga erishdi. “Qaldirg‘ochlar” 0:2 hisobida ortda borib, yakunda 2:2 hisobini qayd etdi.
Farg‘onada muxlislar “Vodiy derbisi”ning guvohi bo‘ldi. “Neftchi” “Qo‘qon-1912”ni o‘z maydonida qabul qilib, 70-daqiqada Doston Toshmatovning goli sabab g‘alabaga erishdi.
Yana bir uchrashuvda Olmaliqning AGMK jamoasi o‘z uyida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Turning markaziy o‘yinlaridan biri “Buxoro” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda “temiryo‘lchilar” 66-daqiqada Sanjar Shoahmedovning goli sabab 3 ochkoli bo‘lishdi.
Pepsi Superliga
22-tur bellashuvlari
17-avgust, juma
“Bunyodkor” — “So‘g‘diyona” 2:2
Gollar: 0:1—33 Ruslan Melziddinov, 0:2—58 Sanjar Rashidov, 1:2—62 Anvar G‘ofurov, 2:2—72 Mirjahon Mirahmadov.“Neftchi” — “Qo‘qon-1912” 1:0
Gollar: 1:0—70 Doston Toshmatov. AGMK — “Metallurg” 2:3
Gollar: 0:1—17 Islom Isoqjonov, 1:1—25 Milosh Trifunovich, 2:1—36 Vladislav Kasminin, 2:2—44 Islom Isoqjonov, 2:3—50 Shahzod Shaymanov.“Buxoro” — “Lokomotiv” 0:1
Gollar: 0:1—66 Sanjar Shoahmedov.18-avgust, shanba
Izoh (0)