Tarmoq foydalanuvchilari yaponiyalik psixolog professor Akioshi Kitoaka tomonidan yaratilgan yangi optik illyuziyaga baho berdi. Rolik professorning Twitter’dagi sahifasiga joylangan.
https://twitter.com/AkiyoshiKitaoka/status/1028473566193315841
Kadrda qog‘oz varag‘i joylashgan. Unda qora gradiyent tasvirlangan, u tusini qorong‘udan yorug‘ga o‘zgartiradi. Shuningdek, Kitaoka varaqqa kichik kulrang qog‘oz qo‘ygan va uni markazdan o‘ng va chapga qimirlatgan. Tomoshabinlarda qog‘oz tusini joylashgan joyiga qarab to‘liq o‘zgartirayotgandek taassurot uyg‘ongan.
Izoh (0)