• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    O‘zbekistonlik yoshlar Meksikada o‘tadigan Jahon robototexnika musobaqasida qatnashadi

    Meksika poytaxti Mexikoda 16—18-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan FIRST Global Challenge musobaqasida dunyoning 180 ga yaqin davlatidan qatnashayotgan yosh robototexnika mutaxassislari orasida O‘zbekiston vakillari ham bor. Bu haqda musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston jamoasi menejeri Nodirjon Yusufov “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Chapdan o‘ngga: Olimjon To‘ychiyev, Nodirjon Yusufov, Muhammadamin Umarov, Humoyun Haydarov, Davronbek Toshpo‘latov, Bunyodbek Zaripov, Akbarxon Sobirxonov. Foto: Shohnur Rizakulov

    Chapdan o‘ngga: Olimjon To‘ychiyev, Nodirjon Yusufov, Muhammadamin Umarov, Humoyun Haydarov, Davronbek Toshpo‘latov, Bunyodbek Zaripov, Akbarxon Sobirxonov. Foto: Shohnur Rizakulov

    Mazkur chellenj har yili har xil mamlakatda o‘tkazilib, unda butun dunyodan global muammolariga G‘arbda STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) deb yuritiluvchi ilm-fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika sohalari orqali yechim izlashga bel bog‘lagan yoshlar qatnashadi.

    Tadbir rasmiy saytida O‘zbekiston jamoasi o‘zi haqida ma’lumotlar berar ekan, O‘zbekistonni “Markaziy Osiyoning besh mamlakati bilan chegaradosh va mintaqaning yuragida joylashgan juda yosh mamlakat”, deb ta’riflaydi. “Mamlakatimiz tabiiy boyliklarga to‘la, uning yirik avtomobil sanoati va unumdor qishloq xo‘jaligi yerlari bor”, — deyiladi jamoa murojaatida.

    “O‘tgan yillarda butun mamlakatda ta’lim sohasiga ilm-fan va texnologiyalarni olib kirish mavzusi keng tarqaldi. 2018-yil prezident tomonidan ‘Innovatsiyalar yili’ deb e’lon qilindi va Innovatsiya vazirligi tuzildi. Endi esa bizga bayrog‘imizni xalqaro musobaqalarda hilpiratish navbati keldi va biz oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz”, — deydi jamoa a’zolari.

    O‘zbekiston jamoasi mamlakatning turli hududlaridan kelgan besh qatnashchidan iborat.

    Navoiylik 16 yoshli Humoyun Haydarov 2018-yili o‘tkazilgan yosh kashfiyotchilar tanlovi respublika bosqichida g‘olib chiqqan va ishlab chiqarish hamda davlat boshqaruvi sohasiga innovatsiyalar olib kirishni istaydi.

    “Besh yil avval YouTube’dagi video orqali elektronik kran yasashni o‘rganganimda texnologiyalarga muhabbat qo‘yganman. Keyin men aqlli ventilyatsiya tizimi, Arduino multimetri va mobil sovutgich yasadim”, — deydi u.

    17 yoshli Muhammadamin Umarov — poytaxtdan. U 2012-yili Shavkat Vohidov nomidagi xalqaro aerokosmik maktabda ta’lim olgan va Qirg‘izistonning nufuzli “Altin tuyun” musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashgan. Aytishicha, modellashtirishga 5 yoshidan — ilk mashina modelini yasagan vaqtidan beri qiziqadi.

    Jamoaning yana bir konstruktori — xorazmlik 18 yoshli Bunyodbek Zaripovdir. Bolaligidan “ o‘zi bilan doim otvyortka olib yurgan” va “buzilgan jihozlarning ishlash mexanizmlarini o‘rgangan va yaroqli qismlarini terib olib, ulardan yangi qurilmalar” yasagan Bunyodbek O‘zbekiston miqyosida turli tanlov va ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.

    Jamoa menejeri Nodirjon Yusufov bu yil Toshkentdagi Turin politexnika universitetini tamomladi. Xalqaro almashinuv dasturi orqali AQShning West Virginia universitetida tahsil olib qaytgan. “Men ilm-fanni sevaman va, o‘ylashimcha, u global muammolarni hal etishning kalitidir”, deydi Nodirjon. Shuning uchun u O‘zbekiston yoshlarini ilm-fanga katta ishtiyoq bilan tarbiyalanishi tarafdori.

    Foto: Shohnur Rizakulov

    Foto: Shohnur Rizakulov

    Jamoaga Davronbek Toshpo‘latov instruktorlik qilmoqda. Talabalik yillarida o‘zi o‘qigan Turin politexnika institutida Robo-Technics jamoasiga yetakchi bo‘lgan, robotika bo‘yicha musobaqalar, xususan Markaziy Osiyo Robotika Chellenjini tashkillashtirishda qatnashgan.

    Jamoa a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, ularning ushbu xalqaro tadbirda ishtirok etishi uchun tashkiliy masalalarda Innovatsiya vazirligi, xususan, Fan, ta’lim va ishlab chiqarishni intergatsiya qilish boshqarmasi boshlig‘i Olimjon To‘ychiyev amaliy yordam bergan.

    Ma’lumot uchun, Olimjon To‘ychiyev 2017-yil iyun oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Keyinchalik To‘ychiyev yangi tashkil etilgan Innovatsiya vazirligida ish boshladi.

    13.08.2018, 22:54   Izoh (0)   15321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    WhatsApp maxsus xizmatlarga foydalanuvchilarning yozishmalarini o‘qish imkoniyatini beradi

    13.08.2018, 09:40

    “O‘zbektelekom” bir oyda ikkinchi marta internet-kanallari tariflarini pasaytirdi

    11.08.2018, 13:34

    Video: Neyrotarmoq xuddi odam kabi basketbol to‘pini olib yurish va maydon bo‘ylab harakatlanishni o‘rgandi

    10.08.2018, 23:43

    O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan zamonaviy tizimlar joriy qilinadi

    10.08.2018, 22:44

    O‘zbekistonda davlat organlarining AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha yangi reytingi e’lon qilindi

    09.08.2018, 22:42

    Amazon’ning O‘zbekistonga kelgan vakillari Artel zavodida bo‘ldi

    08.08.2018, 23:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.