WhatsApp messenjerida foydalanuvchilarning yozishmalari endi end-to-end (ikki boshi ochiq) turdagi shifrlanish bilan himoyalanmaydi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Shu tariqa, maxsus xizmatlar barcha foydalanuvchilarning yozishmalarini osonlik bilan qo‘lga kirita oladi. Bunday chorani messenjer yaratuvchilari WhatsApp’ning egasi bo‘lgan Facebook’ning talabi bilan qo‘llashga majbur bo‘ldi.
Facebook asoschisi Mark Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam Amerika hukumati talabi bilan tashlangan. Shu sababli 2019-yildan dasturning zaiflashtirilgan shifrli versiyasi paydo bo‘ladi, bu maxsus xizmatlar xodimlariga o‘zlarini qizitirgan foydalanuvchilar haqida hech qanday to‘siqsiz ma’lumot olib, shu tariqa, terrorchilar yoki ruhiy muammosi bor odamlarning xatti-harakatlari oldini olish imkonini beradi.
Shuningdek, u kompaniya ommabop messenjerdan daromad olishi uchun WhatsApp’da tez orada reklama paydo bo‘lishini aytdi.
Izoh (0)