“Yuventus” jamoa yarim himoyachisi Miralem Pyanichni sotmoqchi emas, deb yozadi Tuttosport.
Qayd etilishicha, Madridning “Real” jamoasi Pyanich uchun “Yuventus”ga 60 million yevro taklif qilgan. Biroq turinliklar bu taklifga rad javobini bergan.
Jamoa Miralemni 100 million yevrodan kamiga sotmaydi.
Avvalroq futbolchining “Yuve” bilan yangi shartnoma imzolashi haqida xabarlar berilgandi.
“Real” esa “Chelsi”ga o‘tib ketgan Mateo Kovachichning o‘rniga o‘rinbosar sifatida aynan Pyanichni ko‘rayotgan edi.
Izoh (0)