Sportchilar tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda javobgarlik sport federatsiyasi va murabbiylar zimmasiga tushadi, murabbiylar litsenziyadan mahrum qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari 13-avgustda yakkakurash federatsiyalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan va sportchilar bilan profilaktika ishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov va Toshkent shahar IIBB vakili Umid Qurbonov ustozlar nafaqat sportchining jismoniy formasi ustida, balki insoniylik, yaxshilik va professionalizm ustida ham ishlashi kerakligini tushuntirdi.
“Agar kurashchilarga to‘g‘ri tarbiya berilmasa, jamiyat uchun ular xavfli bo‘lishi mumkin. Bunga hayotda haqiqiy misollar bor”, — deb ta’kidlagan MOQ vakillari.
Yig‘ilishda professional sportchilar ruhan chidamli, diqqatini jamlagan bo‘lishi, shuningdek, tashviqotlarga berilmasligi va hissiyotlarini nazorat qila bilishi kerakligi aytib o‘tildi.
Izoh (0)