Andalusiyaning “Sevilya” klubi yarim himoyachisi Stiven Nzonzi Rimning “Roma” jamoasi futbolchisiga aylandi.
Rimliklar 29 yoshli Nzonzi bian 4 yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasi safida 42-raqamda harakat qiladi.
“Sevilya” futbolchi uchun 26,65 million yevroga ega bo‘ldi. Shuningdek, jamoa uning natijalariga qarab 4 million yevro miqdoridagi bonusni ham qo‘lga kiritishi mumkin.
Stiven Fransiya terma jamoasi bilan Rossiyadagi mundialda chempion bo‘lishga erishdi.
Izoh (0)