Joriy yilning 18-avgust sanasida Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari boshlanadi. Unda O‘zbekistondan 30 sport turi bo‘yicha 232 nafar sportchi qatnashadi.
“Kun.uz” nashrining ma’lum qilishicha, Osiyo o‘yinlarining hech bir musobaqasi O‘zbekiston hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ko‘rsatilmaydi. Boisi translyatsiya huquqini birorta O‘zbekiston kompaniyasi sotib olmagan.
Ayni damda futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari guruh bosqichi doirasida Bangladeshga qarshi bahs olib bormoqda. Uchrashuv yakuniga yetgach Sport-TV tomonidan yozib olingan holda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)