IShID Tojikistonda 4 kishining o‘limi va 2 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan xorijlik sayyohlarga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda ekstremistlar axborot faolligini monitoring qilib boradigan SITE Intelligence Group (AQSh) ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Velosayyohlar ustiga bostirib borgan haydovchi voqea joyidan yashirindi. Tezkor-tergov tadbirlari davomida Daewoo Leganza rusumidagi avtomashina topildi.
Huquq-tartibot idorlari Dang‘ara tumanining Osmondara qishlog‘i hududida 3 nafar gumonlanuvchini yo‘q qildi.
Shuningdek, mazkur guruhga aloqadorlikda gumon qilinib, Ko‘lob shahrining 2 va Jayxun tumanida yashovchi bir fuqaro ushlandi. Jami qo‘lga olinganlar soni 4 kishiga yetdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)