Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yaqinda JAR poytaxti Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitida o‘z mamlakatning mazkur guruhga qo‘shilishiga qarshi emasligini bayon qilgan. Bu haqda Hurriyet gazetasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Gazeta Turkiya prezidentining jurnalistlar bilan suhbati chog‘ida aytgan gapini keltirgan. Unga ko‘ra, Erdo‘g‘on agar Turkiya bu platformaga qo‘shilsa, u BRIKSTga aylanishini aytib o‘tgan.
Gazetaning ta’kidlashicha, Erdo‘g‘onning so‘zlari BRIKSning ishtirokchi mamlakatlari rahbarlariga ma’qul kelgan.
Erdo‘g‘onning aytishicha, ayniqsa, Xitoy kengayish tarafdori bo‘lmoqda, yetakchilarning barchasi boshqa mamlakatlarni bu platformaga qo‘shish haqida o‘ylamoqda.
Turkiya yetakchisi o‘z mamlakatining bu guruhga qo‘shilishi iqtisodiy rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)