Tojikiston Madaniyat vazirligi erkaklar uchun tavsiya etiladigan kiyinish qoidalari haqidagi qo‘llanmani chop etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodaga ko‘ra, ushbu kitob erkaklar kiyinish madaniyatini oshirishga qaratilgan.
“Maqsadimiz odamlarga kiyim kiyish madaniyatini o‘rgatish, ularga qaysi uslubdagi kiyim qanday joyga to‘g‘ri kelishini tushuntirish. Masalan, rasmiy majlis yoki to‘yga to‘g‘ri kiyim tanlashni o‘rgatishdir”, — deydi Orumbekzoda.
Biroz oldin Tojikistonda ayollar uchun ham kiyinish qoidalari bayon etilgan xuddi shunday shunday kitob chop etilgan edi. 368 varaqdan iborat kitobda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qizlar va ayollar uchun kundalik va marosimlar uchun kiyinish qoidalari keltirib o‘tilgan.
Izoh (0)