Ispaniya shaharlaridagi taksichilar noma’lum muddatli ish tashlashni davom ettirmoqda. Ular Uber yoki Cabify platformalari uchun avtomobillarni ijaraga beradigan kompaniyalarga litsenziya berishga qarshi chiqmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
30-iyul kuni ertalab bir yarim mingdan ortiq taksi Barselonaning markaziy ko‘chalari bo‘ylab ikki tomonga ham harakatni to‘xtatib qo‘ygan. Ish tashlash minglab sayyohlar va aholiga ta‘sir qilgan.
28-iyul kuni muddatsiz ish tashlashga qo‘shilgan Madrid shahri taksichilari poytaxtdagi asosiy yo‘llardan birining o‘nta qatoridan sakkiztasini to‘sib qo‘ygan.
Ish tashlash mamlakatning Malaga, Valensiya, Saragosa va boshqa shaharlarida ham davom etmoqda.
Namoyishchilar vakillari Rivojlanish vazirligi vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Agar ularning talablari bajarilmasa, taksichilar vokzallar, aeroportlarga boradigan yo‘llar va hatto Fransiya bilan chegarani ham to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilmoqda.
Izoh (0)