Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida parlament sayloviga nomzod bo‘lgan Hayot Xon terakt oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, siyosatchining yonida xudkush terrorchi o‘zini portlatgan. Portlashda yana uch kishi qurbon bo‘lgan.
Mamlakat shimoli-g‘arbidagi Farob viloyatida “Tolibon” jangarilari tomonidan okrugdagi taxminan uch mingta oilaning vakili bo‘lgan oqsoqol Mo‘min Arab o‘ldirilgan. Xabar berilishicha, toliblar erkakni 29-iyul kuni o‘g‘irlab ketgan, dushanba kuni ertalab esa uning boshini chopib tashlagan.
Afg‘onistonda parlament saylovlari oktabr oyiga rejalashtirilgan, prezidentlik saylovi esa 2019-yilda bo‘lib o‘tishi kerak.
Izoh (0)