Isroil mudofaa armiyasi Suriyadagi bir guruh IShID jangarilarini yo‘q qildi, deb yozmoqda “Kommersant.ru”.
Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, 25-iyul, chorshanba kuni jangarilar Al-Kuneytra provinsiyasidagi Nafa va Shajara aholi punktlaridan turib Isroil marralarini o‘qqa tutgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi harbiy-havo kuchlari va zambaraklar yordamida hujum uyushtirib, terrorchilar va ularning raketa qurilmalarini yo‘q qilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi isroillik harbiylarga jangarilarni yo‘q qilgani va terrorchilar hujumining oldini olgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Vazirlik o‘ldirilgan jangarilarning sonini oshkor qilmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)