AQShning Pekindagi elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda voqea guvohlariga tayanib, AP ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Xitoy davlat OAVlari ayol kishi bino oldida o‘ziga o‘t qo‘yishga uringani haqida ma’lum qildi. U qo‘lga olingan.
Hodisa joyida olingani bildirilayotgan video va fotolarda tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)