Botken viloyati IIB ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan 15-iyul kuni “O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Tojikiston—Afg‘oniston” yo‘nalishi orqali Afg‘onistonga o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV axborot portali ma’lum qildi.
U Afg‘onistondagi jangarilar lagerlaridan birida qo‘poruvchilik-terrorchilik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish va kelgusida Suriyada hukumat qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishni rejalashtirgani bildirilmoqda.
“O‘zbekiston fuqarosi O.P. Botken tumani hududida qo‘lga olindi. Uning yonidan elektron axborot tashuvchilar, arab yozuvidagi adabiyotlar, issiq kiyimlar, fonar, oziq-ovqatlar va boshqa buyumlar topildi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh (0)