“Namangan viloyatida baliq yetishtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, Namangan viloyati hududidan o‘tuvchi Norin daryosi bo‘yidagi 251,8 gektar maydonda baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash bo‘yicha Xitoy va Turkiya tajribalarini o‘rganiladi, malakali mutaxassislar va baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlarining baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarga xizmat safarlari tashkil etiladi.
Izoh (0)