Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida yana 4 ta radar ishga tushirildi, deb xabar beradi O‘zA.
“Avtomobillar tezligini qayd qilish qurilmasi ‘Abdulla Qodiriy’ ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichlarining (most) kirish va chiqish qismlariga o‘rnatilgan. Shaharda radarlarni ko‘paytirishdan maqsad yo‘l transporti hodisalarini kamaytirish hamda haydovchilarni tartibga chaqirishdir. Ko‘pincha haydovchilar tunnelda belgilangan tezlikdan yuqori ko‘rsatkichda harakatlanadilar. Bu ularning hayoti uchun xavfli hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)