25-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibida institut rektorligiga tayinlov masalasi ko‘tarildi. Bu haqda “Karinform.uz” xabar bermoqda.
Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib Bayram Utemuratov tayinlandi.
U shu kunga qadar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tekshiruvidan so‘ng Nukus davlat pedagogika instituti rektori Quanishbay Orazimbetov shu yil iyun oyi boshlarida lavozimidan ozod qilingan edi.
Izoh (0)