18-iyul kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi binosida Qirg‘iziston xotin-qizlar xavfsizligi, huquq va tartibot sohasida faoliyat olib boruvchi ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida har ikki tomon davlatning huquq-tartibot sohasida faoliyat olib boruvchi ayollar va ularga ko‘rsatilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, uchrashuvda ayollar tengligi masalasi, ularning huquq va muhofazasiga oid dolzarb masalalarda fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston delegatsiyasining tarkibida sobiq militsiya xodimlari va zaxiradagi polkovniklardan iboratligi ushbu uchrashuvning ahamiyati va muhimligini yanada oshirdi, deyiladi xabarda. Tomonlar kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kelishib oldi.
Izoh (0)