“O‘zbekiston 24” telekanali Toshkent shahrining “Farhod” bozori atrofidagi abgor yo‘llarni namoyish etdi.
Bu yerdagi vaziyat chindan ham og‘ir bo‘lib, yo‘l qoplamasi ko‘p yillardan beri ta’mirlanmagan. Uch yil avval amalga oshirilgan tramvay yo‘nalishi demontaji esa muammoni yanada chuqurlashtirdi. Shundan beri poytaxt rasmiylari asfalt yotqizishni o‘ziga ep ko‘rmadi.
Aksariyat joylarda yo‘l o‘rnida tuproq, shag‘al va qurilish chiqindilarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ko‘plab yerlar umuman yoritilmay kelinmoqda.
Izoh (0)