MDH davlatlari O‘rta Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozinning ma’lum qilishicha, Tojikiston Sarez ko‘lini Xitoy kompaniyasiga sotishi O‘zbekistondagi suv bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir ko‘rsatmaydi, deb yozadi Sputnik.
“Dushanbe kamida oxirgi 15 yil davomida bu loyihani taklif qildi... Hamma bu juda qiziq deb aytishdi, lekin loyihalarga amalga oshirishga o‘tishmadi”, — dedi Grozin.
Ekspert so‘zlariga qaraganda, hozir Xitoyning bu loyiha bilan qiziqishi, birinchi navbatda, Pekin uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishga qulay fursatdir.
“Sarez O‘zbekiston suv balansiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi”, — deya o‘z fikrini bildirdi Grozin.
Izoh (0)