• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu o‘ta qimmat”: “Taraqqiyot strategiyasi” markazi IIV taklif etgan O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirganlik uchun to‘lovlar miqdoriga e’tiroz bildirdi

    Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish choralari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqilib, 2018-yilning 28-iyun kuni “Regulation.gov.uz” saytida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi xabar bermoqda.

    Foto: “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

    Foto: “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

    Unda ta’kidlanishicha, hujjat loyihasi transport vositalari haydovchilari, jumladan mehmon bo‘lib turgan sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

    Darhaqiqat, O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitini, xususan yilning o‘rtacha 300 kuni quyoshli bo‘lishini inobatga olganda holda, transport vositalarida qoraytirilgan oynalardan foydalanish o‘rinli va ko‘plab qulayliklarga ega. Jumladan, transport vositasi salonidagi yo‘lovchilarga ultra binafsha nurlarning zararli ta’sirini qaytarish, issiq va oftob urishidan himoya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri va boshqa transport vositalarining chiroq nurlaridan ko‘z toliqishini oldini olish hamda transport vositasi salonidagi mato va qismlarning oftob nuridan zararlanishining oldi olinadi.

    Shuningdek, qoraytirilgan oynali transport vositasining saloniga oftob va issiqlik nurlari kirishining qisqarishi bilan yilning issiq fasllarida salqinlikni saqlash imkonini beradi. Natijada transport vositasining sovutish tizimidan foydalanish zaruriyatini keskin kamaytiradi va bu bilan yonilg‘i tejalishi, atrof-muhitni ifloslantirish darajasi sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi.

    Bundan tashqari, agar transport vositasi oynalariga maxsus plyonka qoplamasi tortilsa, avtohalokat paytida ham mazkur oynalar uqalanmaydi. Natijada to‘qnashuv paytida shisha bo‘laklaridan jarohatlanish holatining oldi olinadi. Shuningdek, maxsus plyonka yopishtirilgan oynalarni sindirish qiyinligi transport vositalaridan o‘g‘irlik va talonchilik jinoyatlarining oldini olishga ham xizmat qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, barcha transport vositalarining old, yon va orqa tomondagi oynalarining yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foiz bo‘lishi shartligi belgilangan. Bunday normaning qo‘llanilishi uchun jamoat tartibi va xavfsizlik nuqtai nazardan qandaydir asoslar bo‘lishi mumkin, lekin bu fuqarolarga qator noqulayliklar tug‘diradi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Tusi o‘zgartirilgan oynalarga ega bo‘lgan transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisalari haqida ma’lumot bormi, oynaning tusi o‘zgartirilganligi haydovchiga qanday ta’sir o‘tkazadi? Bu borada, afsuski, asoslantirilgan javob va ma’lumot mavjud emas.

    Qayd etish joiz, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositalaridan foydalanishga ruxsat berishni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Bugungi kunda mazkur qaror loyihasi internet tarmog‘i foydalanuvchilarining qizg‘in bahs va munozaralariga sabab bo‘lmoqda. Birgina regulation.gov.uz portalida hujjat loyihasi bo‘yicha fuqarolardan 100 dan ortiq savol va takliflar kelib tushgan.

    Tahlillar natijasida mazkur hujjat loyihasi yuzasidan quyidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalalar aniqlandi:

    Transport vositasi oynasining tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma olishga belgilangan miqdordagi to‘lovning amalga oshirilishi, ya’ni bu xizmat bepul emasligi;

    Tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositasidan foydalanish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdorining o‘ta yuqoriligi hamda foydalanish muddatining qisqaligi.

    Ma’lumot uchun, hujjat loyihasiga ko‘ra, ushbu xizmatdan foydalanish uchun to‘lov miqdori:

    Jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqining 90 baravari, ya’ni 16 587 000 so‘m;

    Yuridik shaxslarga EKOIHning 120 baravari, ya’ni 22 116 000 so‘m;

    Chet davlatlarning yuridik shaxslariga EKOIHning 140 baravari, ya’ni 25 802 000 so‘m miqdorida qilib belgilash taklif etilgan.

    O‘z navbatida, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif etilayotgan tartibning joriy etilishi fuqarolar tomonidan e’tirozlar sabab bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildiradi. Jumladan, aholining barcha qatlamlari ushbu xizmatdan moliyaviy sabablar natijasida birdek foydalana olmasligiga olib keladi. Xususan, belgilangan to‘lov miqdori o‘rtacha 2 million so‘m oylik maosh oluvchi o‘qituvchi, shifokor yoki boshqa budjet tashkiloti xizmatchisining 9 oylik maoshining miqdoriga to‘g‘ri keladi. Pensionerlar esa bu xizmatdan deyarli foydalana olmaydi.

    Qaror loyihasi avvalida ta’kidlanganidek, hujjat avvalo transport vositalari haydovchilari va mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilmoqda. Ammo, shu o‘rinda ushbu to‘lov miqdori va muddatini belgilashdan ko‘zlangan maqsad, to‘lov qiymatini asoslovchi omillar, qo‘llanish ko‘lamining tavsifi va yana boshqa tabiiy savollar tug‘iladi.

    Shuningdek, yilda bir marotaba tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositalaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun murojaat qilish navbatdagi byurokratiya omillarining paydo bo‘lishiga olib kelmaydimi?

    Ushbu masalani yanada kengroq tahlil qilish maqsadida xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishish mumkin. Qator rivojlangan davlatlar, xususan, orqa va yon orqa oynalari 100 foiz tusi o‘zgartirilgan transport vositalaridan foydalanishga Buyuk Britaniya, Germaniya va Ispaniyada ruxsatnoma raqamiga va oyna tusi kim tomonidan o‘zgartirilganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish sharti bilan, Belgiya, Chexiya, Fransiya, Italiya, Polshada esa tusi o‘zgartirilgan oyna sertifikatlangan bo‘lishi sharti bilan bepul ruxsat etiladi. Bu holat yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi sabab va omillar sifatida umuman qaralmaydi. Aksincha, transport vositasiga kiradigan quyosh nurlaridan himoyalanish, orqadan kelayotgan transport vositasining chiroq nurlarini qaytarish sifatida qaraladi.

    Pullik ruxsat berish tizimi mavjud bo‘lgan mamlakatlardan qo‘shni Qirg‘izistonda transport vositasi orqa va yon orqa oynalarini tusini o‘zgartirishga ruxsat olish uchun to‘lov bir yilga 200 AQSh dollariga teng miqdorda hamda Tojikistonda bir yilga 310 AQSh dollariga teng miqdorda undirilishi belgilangan. Bu esa O‘zbekistonda taklif etilayotgan to‘lov miqdori bilan taqqoslaganda Qirg‘izistondan deyarli 20 baravarga, Tojikistondan qariyb 7 baravarga qimmat degani.

    O‘zbekistonda tusi o‘zgartirilgan oynalardan foydalanish, eng avvalo, issiq iqlim sababli majburiyat yuzasidan transport vositasi foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotganligini inobatga olish lozim. Shu nuqtai nazardan, ushbu xizmat barcha uchun qulay, ijtimoiy tenglik tamoyilidan kelib chiqib, adolatli amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Oynalarni qoraytirishga to‘lov evaziga ruxsat berish asoslantirilgan va lozim topilgan taqdirda ham ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun barchaga teng sharoit yaratish maqsadga muvofiq.

    Bundan tashqari, tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositalaridan foydalanish uchun belgilanadigan to‘lov qiymatining yuqoriligi iqtisodiy jihatdan ushbu xizmatdan foydalanishdan kelib tushadigan mablag‘ miqdorining kamayishiga olib keladi. Aksincha, to‘lov miqdorini kamaytirgan holda, xizmatdan foydalanuvchilar sonini oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Markaz ekspertlarining fikricha, mazkur hujjat kuchga kirishi bilan tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositasidan ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun ma’muriy jazo choralarini kuchaytirish lozim. Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘z.R. MJtKning 136-moddasida ko‘zgusimon hamda tegishli standartlarni buzgan holda tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan transport vositasidan foydalanganlik uchun huquqbuzar eng kam oylik ish haqining bir baravari, jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida sodir etilganda EKOIHning ikki baravari miqdorida ma’muriy jarimaga tortilishi belgilangan.

    16.07.2018, 22:55   Izoh (0)   97338
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oliy ta’lim vaziri O‘zbekiston ta’lim tizimidagi eng katta xato haqida gapirdi

    16.07.2018, 21:55

    O‘zbekistonda 675 ming abituriyent oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirdi

    16.07.2018, 21:14

    Oliy ta’lim vaziri Inom Majidov: OTMlarda korrupsiya rivojlanishida talabalarning ham hissasi bor

    16.07.2018, 20:07

    Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida har oyning to‘rtinchi dushanbasi “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi

    16.07.2018, 19:28

    Toshkentda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi uchun mikrotuman barpo etilmoqda

    16.07.2018, 18:58

    Adliya vazirligi: O‘tgan 6 oyda notariuslardan norozilik holatlari 2 baravarga kamaydi

    16.07.2018, 17:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida kamida 160 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 20:39

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Reklama | 15 avgust, 19:30

    Farg‘onada bojxona posti rahbari 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 20:16

    Tramp joriy qilgan tariflar Yaponiya avtosanoatini inqiroz yoqasiga olib keldi

    Avto | 15 avgust, 20:10

    Xitoyda robotlar olimpiadasi boshlandi

    Dunyo | 15 avgust, 19:56

    Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida

    Go‘zallik | 15 avgust, 19:35

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    “Maxsustrans 2022−2023-yillarda 45 mlrd so‘m zarar ko‘rgan” — Shavkat Umurzoqov

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:21

    O‘zbekistonlik talabalar bir vaqtda 2 mingta robot yasab Ginnes rekordini yangilamoqchi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:05

    O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 18:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.