O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidovning ta’kidlashicha, malakali o‘qituvchilarning OTMlarda oylik kamligi uchun ishni tashlab ketayotgani ta’lim tizimidagi eng katta xato hisoblanadi. Bu haqda vazir “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qancha mablag‘ sarflanishidan qat’iy nazar 1990-yillarda faoliyat yuritgan o‘qiruvchilarning ketib qolmasligi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish kerak edi. Biz ko‘p o‘qituvchilarni yo‘qotdik. Ayniqsa, o‘z faoliyatini boshlagan o‘qituvchilar bizni tark etdi.
OTMda ishlash o‘sha paytlarda juda obro‘li edi. Lekin ko‘pchilik istiqbolni ko‘ra olmagani va oylik kamligi uchun ishdan ketdi. Uning ta’siri bugun ham seziladi.
Magistraturani bitirgan yosh, iste’dodli insonni ishga taklif qilish juda qiyin. Kelganlar esa bir necha yil ishlaydi va ketadi.
Aqlli o‘qituvchilarning ishdan ketishini aniq ko‘rinadigan istiqbolli karyera bilan to‘xtatib qolish mumkin. OTM boyishi va rivojlanishi kerak, shundagina u eng yaxshilarni saqlab qoladi va olimlar avlodini tarbiyalay oladi”, — deydi Inom Majidov.
Oliy ta’lim vazirining so‘zlariga ko‘ra, ta’lim tizimida Janubiy Koreya tajribasidan o‘rnak olish rejalashtirilmoqda.
“Ta’lim tizimi rejasida — Janubiy Koreya tajribasidan o‘rnak olish ko‘zda tutilgan. Ta’lim modeli va uni qurish muddati qo‘llash mumkin bo‘lgan munosib tajriba. Ularning aytishicha, 1970-yilda mamlakat ta’lim tizimida xuddi biznikidek holat kuzatilgan. O‘shanda ular oyligi miqdoridan qat’iy nazar o‘qituvchilarga 200 dollardan qo‘shimcha pul bergan. Bundan tashqari, Angliya, Germaniya, Yaponiya va AQSh ta’lim tizimlaridan ham o‘rnak olsa arziydi”, — deydi vazir.
Izoh (0)