Andijon shahridagi korxonalardan birida 13-iyul kuni ro‘y bergan mojaro noxush yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
“Andijon shahar Yangi shahar elektr tarmoqlari” UK boshlig‘i o‘rinbosari B.A. xizmat xonasida shu elektr tarmoqlari korxonasi ishchisi D.A. bilan “san-man”ga boradi. O‘zaro janjal oqibatida uning ko‘krak qismiga kanselyariya pichog‘i bilan urib, jarohat yetkazadi.
D.A. kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
B.A. qo‘lga olindi.
Izoh (0)