Tojikiston IIV xodimlari mamlakat sobiq energiya vaziri Dilovar Gulovning o‘g‘lini hibsga oldi. Sobiq mansabdorning o‘g‘li militsionerni do‘pposlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda “SNG” xabar berdi.
Ichki ishlar idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, yigit 8-iyul kuni kechqurun Dushanbe shahrida militsionerni do‘pposlagan, keyin esa qochib ketgan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Kichik Gulov huquqni muhofaza qilish idorlariga yaxshi tanish hisoblanadi. Uch yil avval u oynasi qoraytirilgan mashinani boshqargani uchun jarimaga tortilgan. 2018-yilning mart oyida esa bezorilik uchun javobgarlikka tortilgan.
Dilovar Gulovning akasi Ashraf Tojikiston prezidentining kuyovi hisoblanadi.
Izoh (0)