Italiyada Benetton kompaniyasi va modalar uyi asoschilaridan biri Karlo Benetton 74 yoshda vafot etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Karlo Benetton uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Trevizo shahrida olamdan ko‘z yumdi. U akasi bilan Benetton brendiga asos solgan edi.
Karlo Benettonning to‘rt nafar farzandi bor. U kompaniyada prezident o‘rinbosari lavozimida ishlar edi.
Izoh (0)