Ozarbayjon g‘arbidagi Gyanja shahridagi tartibsizliklarni bartaraf etishga uringan ikki nafar politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Avvalroq mazkur hududda shahar hokimiga qurolli hujum uyushtirilgan edi.
“Miting chog‘ida, Gyanja shahri politsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilgar Balakishiyev va tuman politsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Samad Abbasov o‘yib-kesuvchi predmetlar yordamida o‘ldirilgan”, — deyiladi xabarda.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 40 kishi qo‘lga olingan.
Izoh (0)