Eronda yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtiokida yuz bergan avariya oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, hodisa erta tongda Eronning Kurdiston provinsiyasi Senendej shahrida yuz bergan. Ikkita avtobus neft ortilgan sisterna bilan to‘qnashib ketgan.
Haydovchilardan birining fikricha, avtobus yo‘lovchilarni olish uchun bekatga to‘xtagan bo‘lgan. Shu paytda unga sisterna kelib urilgan. Shundan so‘ng ikkita avtobus yona boshlagan.
Izoh (0)