Yaponiya rasmiylari o’tgan haftada “Aum Sinrikyo” sektasining asoschisi Seko Asaxara qatl etilgan va keyin kuydirilgan qamoqxonada xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Politsiya va maxsus xizmatning xavfsirashicha, Asaxaraning davomchilari uning xokini o‘g‘rilashi va “qatl uchun qasos” olishi mumkin. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Asaxara (asl ismi Tidzuo Matsumoto) oilasining a’zolari uning xoki kimga berilishi yuzasidan bahslashmoqda. Matsumotoning to‘rtinchi qizi uning ta’limotidan ajralgan va qarindoshlari bilan aloqa qilmaydi. Aynan uning ta’kidlashicha, otasi o‘limi oldidan qamoqxona xodimlaridan xokni shi qiziga berishni so‘ragan. Uning onasi va boshqa bolalar so‘nggi yillarda bu qiz aqliy nosog‘lom bo‘lganligini aytib, xokni ularga berishni so‘ramoqda.
Asaxara o‘zining olti nafar safdoshi bilan birga 6-iyul kuni qatl qilingan. Ular 1995-yilda Tokio metrosida zarin hujumini tashkil etganlikda ayblangan. Hujumda 13 kishi halok bo‘lgan, taxminan olti ming kishi jabrlangan.
Asaxara 2004-yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan. Yana bir necha kishi xuddi shunday jazoning ijro etilishini kutmoqda.
Izoh (0)