Buyuk Britaniyaning London shahri meriyasi AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifiga norozilik bildirayotgan namoyishchilarga uning tashrifi kunida parlament ustida Amerika yetakchisini chaqaloq ko‘rinishida tasvirlovchi ulkan havo sharini uchirishga ruxsat berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.
AQSh prezidentining tashrifi munosabati bilan Trump Baby loyihasi faollari qariyb 16 ming funt sterling mablag‘ to‘plagan va bu mablag‘ hisobiga Tramp ko‘rinishidagi olti metrli havo sharini tayyorlagan. Geliy bilan to‘ldirilgan “prezident” chaqaloq ko‘rinishda, og‘zida so‘rg‘ich, qo‘lida esa mobil telefon bilan tasvirlangan. Shahar meriyasi sharni uchirishga uzoq vaqt davomida ruxsat bermagan edi.
Namoyishni o‘tkazish uchun qat’iy shartlar qo‘yilgan: shar havoda 13-iyul, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:30 dan 11:30 gacha bo‘ladi va 30 metrdan balandga ko‘tarilishi mumkin emas. Bunda shar yerdagi konstruksiyaga mahkamlangan bo‘lishi zarur.
Izoh (0)