Toshkent shahri hududida 2018-yilning 21-iyun kuni 112 million 274 ming 644 so‘mlik chinor, shumtol, olxo‘ri daraxtlari kesib ketilgani aniqlandi va “aybdor” qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews huquq-tartibot idoralaridagi ishonchli manbasiga tayanib xabar berdi.
2018-yilning 21-iyun kuni soat taxminan 14:30 da 1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi U.I. Toshkent shahri Markaz-13 dahasi 11-uyning ro‘parasida bo‘la turib, dov-daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma bo‘lmasa ham, daha hududidagi joylashgan diametri 92,3, 99,3 va 114,9 sm bo‘lgan 3 dona chinor, diametri 38,8, 83,5, 77,7, 26,4 va 44,5 sm bo‘lgan 5 dona shumtol, diametri 35,3 sm bo‘lgan 1 dona olxo‘ri jami 9 ta daraxtlarni noqonuniy ravishda kesib tashlagan, natijada tabiat va o‘simlik dunyosiga 112,274,644 so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.
Gumonlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksning 224-moddasi (“Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibi”) tartibida ushlangan. Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (“Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish”) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)