Samarqandning “Dinamo” klubi jamoaning sobiq a’zosi Sirojiddin Sayfiyevning hisob-raqamiga 40 million so‘m o‘tkazib berdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Bir necha yil “Dinamo” safida o‘ynagan Sirojiddin Sayfiyev klubning undan moliyaviy qarzdorligi bor ekani xususida O‘FAga murojaat qilgan edi.
Va nihoyat menga yig‘ilib qolgan qarzlar to‘lab berildi. Aytishim kerakki, “Dinamo” menga o‘z hisobidan xayriya qilmadi, balki mening o‘z vaqtida berilmagan ish haqimni qaytardi. Endi bu pullarni muolajalar uchun sarflayman. Zora shifo topishimda buning ham nafi tegib qolsa. Bunda menga ko‘mak ko‘rsatgan O‘FA rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Ularning ko‘magidan mamnunman.Ma’lumot uchun Sirojiddin Sayfiyev og‘ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng unda saraton kasalligi alomatlari mavjudligi aniqlangandi. Klub esa bir necha yil davomida uning ish haqini berishdan bo‘yin tovlab kelgan edi. Shuningdek, avvalroq aynan shu masalada jurnalist Farhod Norbo‘tayev Sirojiddin Sayfiyev nomidan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevga murojaat yo‘llagan edi.Sirojiddin Sayfiyev, sobiq futbolchi
Izoh (0)