FIFA tomonidan JCh—2018 da ishlashga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan taklif qilingan Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov ortda qolgan 2 tur o‘yinida komissar sifatida ishlagandi.
Bu safar Arifovga “A” guruhi o‘yinlarining so‘nggi turidan o‘rin olgan Urugvay —Rossiya o‘yini ishonib topshirildi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Qayd etish lozim, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan biror mutaxassis mundialda komissar sifatida ishlamagandi. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ldi.
Urugvay—Rossiya bellashuvi 25-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Izoh (0)