FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Argentinaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Modrich uchrashuvning 80-daqiqasida Villi Kabalyero darvozasini jarima maydoni tashqarisidan ishg‘ol etishga erishdi va jamoasining ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonishini ta’minladi.
E’tiborlisi, Luka Nigeriyga qarshi o‘tgan birinchi tur bahsida ham o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi.
Bu g‘alabadan so‘ng Xorvatiya muddatidan avval pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Izoh (0)