Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCh-2018 guruh bosqichi 2-turi doirasida Peru terma jamoasiga qarshi o‘yinning 34-daqiqasida hisobni ochishga erishdi, deb yozadi Opta.
19 yoshli Mbappe Jahon Chempionatlarida gol urgan eng yosh fransiyalik futbolchi bo‘ldi. Bungacha bu natija David Trezegega tegishli edi. U 20 yoshida mundialda gol urishga erishgandi.
Ayni damda Fransiya—Peru jamoalarining o‘rtasidagi uchrashuvda 1:0 hisobi saqlanib turibdi. Birozdan so‘ng ikkinchi bo‘lim boshlanadi.
Izoh (0)