21-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati 2-tur bahslari davom ettirildi.
Kunning so‘nggi o‘yini “D” guruhining ikki jamoasi — Argentina hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi golsiz durang bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Ante Rebich Villi Kabalyeroning xatosidan foydalanib hisobni ochdi. 80-daqiqaga kelib, Luka Modrich jarima maydoni tashqarisida kuchli zarba yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 90-daqiqada esa Mateo Kovachichning uztmasini Ivan Rakitich golga aylantirdi va o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
E’tiborlisi, mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidai hakamlar brigadasi ishladi.
Jahon Chempionati
“D” guruhi, 2-tur bellashuvi
21-iyun, payshanba
Argentina—Xorvatiya 0:3
Gollar: 0:1 – 53 Rebich, 0:2 – 80 Modrich, 0:3 – 90 Rakitich.Argentina: Kabalyero, Otamendi, Merkado, Talyafiko, Maskerano, Peres (Dibala, 68), Salvio (Pavon, 56), Mesa, Akunya, Messi, Aguero (Iguain, 54).
Xorvatiya: Subashich, Lovren, Strinich, Vrsalko, Vida, Modrich, Brozovich, Perishich (Kovachich, 82), Rakitich, Rebich (Kramarich, 57), Manjukich (Chorluka, 90).
Ogohlantirishlar: Rebich (39), Merkado (51), Manjukich (58), Vrsalko (67), Otamendi (85), Akunya (87), Chorluka (90), Talyafiko (90).
Izoh (0)