Kolumbiya prezidenti saylovlarida “Demokratik markaz” partiyasidan nomzod Ivan Duke yetakchilik qilmoqda, deb yozadi “Interfaks”.
Milliy saylov kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, ovozlarning 99 foizdan ortig‘i hisoblab chiqilgach, unga 54 foiz saylovchilar ovoz bergani aniq bo‘lgan. Uning raqibi — “Insoniy Kolumbiya” koalitsiyasidan nomzod Gustavo Petroga saylovchilarning 42 foizi o‘z ovozini bergan.
Kuzatuvchilar qayd etishicha, bu natijalar Dukening g‘alabasini kafolatlaydi.
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos o‘z Twitter’ida Dukeni allaqachon g‘alaba bilan tabriklab, unga muvaffaqiyat tiladi va hukumatni tinch vaziyatda topshirishni tashkillashtirishda o‘z ko‘magini taklif qildi.
Izoh (0)