Tadbirkor Bahodir Abdullayev “O‘zmetkombinat” AJga rahbar etib tayinlandi.

Savdo-sanoat palatasining 13-avgustda bergan axborotiga ko‘ra, u kuzatuv kengashi qarori bilan “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi — bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bahodir Abdullayev 1967-yilda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U tarkibida 20 dan ortiq korxonani birlashtirgan BA Holding ta’sischisi. 2022-yilda Tadbirkorlar kuni munosabati bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Namangan viloyat Xalq deputatlar kengashi deputati.
“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatiga 2024-yil oktyabridan buyon Dilshod Ahmedov rahbarlik qilib kelayotgandi. Undan avvalgi rahbar Rashid Pirmatov nafaqaga chiqishi munosabati bilan o‘z lavozimini tark etgandi.
Izoh (0)