Germaniyalik 70 yoshli futbol muxlisi Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga bundan 82 yil avval chiqarilgan traktorda yetib keldi, deb xabar beradi Birinchi kanal.
Rossiyaga kelgach, u mamlakat hukumatidan 17-iyun kuni Germaniya jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘yin uchun chipta so‘ragan. Uning iltimosini yerda qoldirishmagan.
“Men chipta so‘ragandim, Moskva hukumati menga bunday imkoniyatni taqdim etdi. Rahmat!” — dedi u.
Germaniyalik futbol muxlisi soatiga 20 km tezlikda harakatlanib, Moskvagacha bir oyda yetib kelgan.
Izoh (0)